Futbol odamlarni hayvonga aylantirayotgani, yangilik emas. Ammo baribir g'alati. Har safar yangilik, deb yozadi sport-express.ru.
EChL finalidan so'ng ("Real" - "Liverpul" 3:1) liverpulliklar davozaboni Loris Kariusga o'lim tilashmoqda. To'g'ri ma'noda. Unga, oilasiga, bolalariga. Buni bir emas, "Liverpul"ga "muxlis" bo'lmish yuzlab odamlar yozmoqda. Shunchaki, Tvitterda "Karius die" deb qidiruv bering va odamzotga ishonchdan mag'rum bo'lasiz.
Nima deb yozmoqdalar?
"O'l, o'l, sen hammasini buzib yubording"
"Umid qilamanki, sening oilang o'ladi, axlat bo'lagi"
"Sening bolalaring saratonda o'ladi ahmoq"
Hech kim Kariusni ovutishga mujbur qilmaydi - u beparvo bo'ldi va jazolandi. Ammo unga o'lim tilash - qandaydir yovvoyilik.
Undan tashqari, Muhammad Salohni jarohatlagan Serxio Ramos tonnalab nafrat yog'ilmoqda.