"Spartak"ning sobiq darvozaboni Rinat Dasaev EChL finalida "Real"ga qarshi uchrashuvda (1:3) "Liverpul" posboni Lori Kariusning xatolari xususida o'z fikrlarini bildirdi.
"Kariusning xatolari - bu shunchaki e'tiborsizlik, xolos. Balki biroz hayajon ham bo'lgandir. Uning xatolari keyingi faoliyatiga ta'sir qiladimi? Bilmayman. Buni murabbiy hal qiladi.
Loris Kariusga nima degan bo'lar edim? Hech narsa deya olmayman. Har bir darvozabonning xatosi bo'ladi, man, u bunga yo'l qo'ydi. Qo'llab-quvvatlashga kelsak, bu narsa darvozabonga har doim kerak", - deydi Dasaev.