"Madrid"ning yana bir futbolchisi ketishni o'ylamoqda.
"Albatta, men boshlang'ich tarkibga kirmaganligimdan xafa bo'ldim. Zahiradan maydonga tushganimda esa maksimum o'yin ko'rsatdim. Birinchi golim - faoliyatimdagi eng chiroyli gol. Men jamoamizning g'alabasidan xursand bo'ldim. Men har hafta futbol o'ynashni xohlayman, bu mavsum esa qandaydir sabablarga ko'ra bu amalga oshmadi. Mavsum yakunlandi, endi yozda men agentim bilan o'z kelajagim haqida bosh qotiraman", - deydi Beyl Marca nashriga bergan intervyusida.
Bobojonov