«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal EChL finalida «Liverpul»ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Marca nashri xabariga ko'ra, ushbu ispaniyalik futbolchiga tashxis qo'yilgan, uning belining o'ng qismida mushaklar shikastlangan. Bunday jarohat tufayli, futbolchisi 2018 yilgi jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.
Ikki yil muqaddam Karvaxal EChL finalida «Atletiko»ga qarshi o'yinda (1:1, penaltilar bo'yicha 5:3) shunday jarohat olgan va Evro-2016 turniriga bora olmagandi.