Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl finaldan so'ng o'zining jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
“Albatta, zaxirada qoldirilganimdan xafaman. Maydonga tushganimdan so'ng maksimal darajada jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qildim va bu o'yin natijasiga ta'sir ko'rsatji. Birinchi golim faoliyatimdagi eng chiroylisi bo'ldi. G'alabadan bag'oyat xursandman.
Biz barchaga gapirish uchun ruxsat beramiz. Qanchalik g'alabaga tashna ekanligimizni bugun ko'rsata oldik.
APLga qaytish haqida: Har xafta maydonga tushishim kerak ed, lekin bu noma'lum sabablarga ko'ra amalga oshirilmadi. Yozda kelajagim borasida agentim bilan gaplashaman”, – deydi Beyl.