“Qirollik klubi” joriy mavsum EChLda chempion, “matraschilar” esa Evropa ligasida g'oliblikni rasmiylashtirdi.
Gap shundaki, Ispaniya jamoalari so'nggi 5 yilda 9 marta evrokuboklarda zafar quchishdi. Primero ishtirokchilari EChLda 5 marta (“Real” – 4, “Barselona” – 1) va 4 bora Evropa ligasida (“Sevilya” – 3, “Atletiko” – 1) g'olib chiqdi.
Angliya jamoalarida esa bu ko'rsatkich nisbatan past bo'lib, ular so'nggi 5 yilda atigi 1 marta: “Manchester Yunayted” o'gan mavsum Evropa ligasida g'olib chiqqani bilan maqtana oladi.
Boshqa mamlakat klublari shu 5 yil ichida evrokuboklarda hali muvaffaqiyat qozona olmagan.
Shuningdek, ispan klublari ko'rsatilgan vaqt davomida barcha Evropa Superkuboklarini ham o'ziniki qilgan.