«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl «Liverpul»ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi finalida (3:1) ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
E'tiborlik tomoni, uelslik futbolchi ikkinchi bo'limda zaxiradan tushib, dublni rasmiylashtirdi. Beyl – final bahsidan zaxiradan maydonga tushib, ikkita gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi