“Real” hamda “Liverpul” jamoalar o'rtasidagi final uchrashuvining birinchi bo'limi yakunlandi.
O'yinni serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarmoqda, jumladan, Milorad Majich asosiy hakam vazifasini bajarmoqda.
Gap shundaki, “Real” hujumchisi Karim Benzema Krishtianu Ronaldu zarbasidan qaytgan to'pini golga aylantirgandi.
Ammo Majich ushbu golni ofsayd holatidan urilganini qayd etdi va natijada Ronaldu o'yindan tashqarida qolib ketgani aniqlandi. Laynsmen avvaliga Ronalduning offsaydda qolib ketganini sezmadi, lekin Benzema gol urganida bayrog'ini ko'tardi.
Ma'lumot uchun, final laynsmenlari Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich.