«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Evropa chempionlar ligasi final bahsi oldidan ro'za tutmayapti. Bu haqda jamoa fizioterapevti Ruben Pons xabar tarqatdi.
«Marbeledagi yig'in davomida Saloh ro'za tutib keldi. O'yindan bir kun oldin — juma kuni va final bahsi kuni u ro'za tutmaydi. Ro'za uning jismoniy holatiga ta'sir ko'rsatmaydi», – dedi Pons.
Dastlab misrlik futbolchi Ramazon oyi ro'zasini to'liq tutishni rejalashtirgandi. Keyin esa qarorini o'zgartirdi. Final o'yinidan keyin u ro'zasini davom ettiradi.
Shu bilan birga Islom shariatida safarga chiqqan odam ro'za tutmaslik uchun ruxsat berilgan. Ramazon oyida keyin u qazosini tutib beradi.
Eslatib o'tamiz, «Liverpul» va «Real» o'rtasidagi EChL final bahsi bugun, 26 may kuni soat 23:45da boshlanadi.