Yaqinda argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino “Tottenxem” klubi bilan shartnomasini yana olti yilga uzaytirdi.
Biroq, ma'lumotlarga ko'ra, bu shartnomaga alohida band kiritilgan. Unga ko'ra, agar “PSJ” va “Real”dan taklif bo'lsa va Pochettino ketishni istasa, “Tottenxem” uni qo'yib yuboradi.