Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tajriba ehtirosga qarshi. Nega «Real» yana EChLda g'olib bo'ladi?

Bugun, 26 may, shanba kuni Kievdagi «Olimpiyskiy» stadionida Madridning «Real» klubi Liverpulning «Liverpul» klubiga qarshi Evropa Chempionlar ligasi finalida maydonga tushadi.

.
- Yuklab olish

Bugun, 26 may, shanba kuni Kievdagi «Olimpiyskiy» stadionida Madridning «Real» klubi Liverpulning «Liverpul» klubiga qarshi Evropa Chempionlar ligasi finalida maydonga tushadi. Ushbu to'qnashuv arafasida qaysi klub qaysi jihatlari bilan g'alabaga loyiqroqligi tahlili quyida keltiriladi.

Chempionlar ligasi. Final. Shanba. «Real» - «Liverpul». 23:45 (Toshkent vaqti)

«Real»ning final uchun zayavkasi:


Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Xesus Valexo, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Teo Ernandes, Ashraf Hakimi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kasemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalos.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

«Liverpul»ning final uchun zayavkasi:

Darvozabonlar: Loris Karius, Simon Minole.
Himoyachilar: Nataniel Klayn, Trent Arnold, Virjiyl van Deyk, Deyan Lovren, Ragnar Klavan, Alberto Moreno, Endryu Robertson, Nataniel Fillips.
Yarim himoyachilar: Jordan Henderson, Jorjino Veynaldum, Jeyms Milner, Emre Jan, Adam Lallana, Rafael Kamacho, Kyortis Jons, Sadio Mane, Roberto Firmino.
Hujumchilar: Muhammad Saloh, Denni Ingz, Dominik Solanke, Benjamin Vudbyorn.

Final uchrashuviga Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi tayinlangan. Majichga qanotlarda hamyurtlari — Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich yordam beradi. Darvoza ortida esa Nenad Jokich va Danilo Gruich ishlaydi. To'rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Frantsiya).

Ikki teng kuchli jamoa Chempionlar ligasining joriy mavsumini yakunlab qo'yishga bel bog'lagan. 9 oylik yo'l, 12ta o'yin (inglizlar saralash bosqichidagi o'yinlar hisobiga 14ta o'yin o'tkazishgan) - bular barchasi ortda qoldi, endi oxirgi qadamni qo'yish kerak. «Real» va «Liverpul» 13-marta «Quloqli Kubok»ni qo'lga kiritish uchun otlangan, ancha vaqtdan buyon na ichki chempionatda, na xalqaro maydonda muxlislarini xursand qila olmayotgan «qizillar» esa oltinchi EChL kubogini qo'lga kiritishga yaqin.

Zidan effekti

Oddiy fakt - frantsiyalik ushbu mutaxassis bilan «Real» hali Chempionlar ligasini tark etmadi. Albatta, mag'lubiyatlar bo'ldi, ammo jamoa «asosiy urushda emas, ayrim janglarda» yutqazdi. 2016 yil yanvarida jamoa bir joyda depsinib qolganida Benites iste'foga chiqarildi va yarim yil muddatga vaqtinchalik murabbiy sifatida Zinedin Zidan olib kelindi. U yo'l-yo'lakay «Qirollik klubi» bilan EChL g'olibligini qo'lga kiritdi, keyingi mavsumda ikkinchi sovrinni o'ziniki qildi. Uning bu yutuqlari osonlik bilan kelgani - u ancha yillardan buyon klub tizimida ekani, jamoani ich-ichidan bilishi bilan izohlanadi. Klub afsonasi hamon Madrid osmonida yorqin nur sochmoqda.

Zidanning uchinchi mavsumida «Real» o'yinida pasayish kuzatilgani bor gap, «Real» joriy mavsumda chempionatning birinchi davrasida o'ta yomon o'yin ko'rsatdi, Ispaniya Kubogidan barvaqt chiqib ketdi, guruh bosqichida «Tottenhem»ga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyatlar jamoaning EChLdagi istiqbolini ham shubha ostida qoldirgandi. Ammo frantsiyalik mutaxassis shogirdlarini ruhlantira oldi va o'zining kutilgan iste'fosi haqidagi gaplarni ham chippakka chiqardi. 

Tajriba va ehtiros to'qnashuvi

Zidan tarixga g'olib murabbiy sifatida kirib bo'ldi. Unda har bir futbolchi uchun to'g'ri yondashuvdan tashqari, katta o'yinlarga to'g'ri strategiya tanlash qobiliyati ham bor. Zidanning eng asosiy ustunligi - u omadli murabbiy. Omad kuchlilarga kulib boqadi, deyishadi. Buni o'tgan yili «Yuventus»ga qarshi final o'yinida ham, joriy mavsumda chorak finalda «Yuventus»ga qarshi javob o'yinida ham ko'rdik.

Ha, Klopp «Real»ni Chempionlar ligasida 3 marta mag'lub etgan, ammo uning «Borussiya»si EChL finalida ham (2013 yilda «Bavariya»ga 1:2 hisobidagi mag'lubiyat), Evropa Ligasi finalida ham (2016 yili «Sevilya»dan 1:3 hisobidagi mag'lubiyat) muvaffaqiyatga erisha olmagan, hozirgi «Liverpul» futbolchilaridan birontasi esa shu vaqtga qadar EChL finalida maydonga tushmagan. Zidan esa jamoa bilan keyingi 2,5 yilda 8 sovrinni qo'lga kiritgan.

Ronaldu omili

Zidanning qo'li ostida dunyoning eng yaxshi straykeri bor - Ronaldu. Portugaliyalik futbolchi 33 yoshda, ammo u o'zini 23 yoshli futbolchidek tutmoqda, u aprel oyida «Yuventus» darvozasini qo'riqlayotgan Buffonga «qaychi uslubi»da gol urish uchun 2,38 metr balandlikka sakradi. Ronaldu ham Zidan kabi inqirozli davrni engib o'ta oldi va ikkinchi davrada 13 o'yinda 22 gol urdi. U EChLning joriy mavsumida 15 goli bilan mutlaq to'purar. «Liverpul»da Saloh bor, u yoshroq va g'alabalarga chanqoq. Ammo Ronaldu 4 marta Chempionlar Ligasida g'olib bo'lgan va finallarda 4ta gol urgan. Unda bu mavsumni ham a'lo darajada yakunlab, EChL medallari sonini 5taga etkazib qo'yish imkoniyati mavjud. U qirol. Saloh esa hali jo'jaxo'roz, Krishtianu o'z futbolini o'ynaydi, Saloh Firmino va Mane uyg'unlikda harakatlanishi kerak. 

G'oliblik ruhi

Chempionlar ligasi finali yilning eng muhim o'yini bo'lishi bilan birgalikda, finalda hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi.
Ikki jamoada ham himoya chizig'ida muammolar bor. Lekin inglizlarda tajriba ham yo'q. Yarim finalda «Roma»ga qarshi o'yinda ochiq o'yin ko'rsatgan jamoa ikki o'yinda 6 gol o'tkazdi. Nazariy jihatdan «Real» ham «Bavariya»dan shuncha o'tkazishi mumkin edi, ammo bitta ham o'tkazmadi.

Bugun natija qanday bo'lishidan qat'i nazar, Kievda tomoshabop o'yin kutib turibdi. «Liverpul»ning «engil artilleriyasi» «Real» uchun syurprizlar taqdim etishi, tezkor qarshi hujumlari bilan raqibni yakson etishi ham mumkin. Agar inglizlar bugun hayajonlanmasa va «Real» yarim finalda «Bavariya»ga qarshi o'yinlarda bo'lgani kayfiyatsiz o'ynasa. Ammo buning ehtimoli kam, «Real» dono qirol, «Liverpul» hali bir shoshqaloq «mahmadona».

Har ikki jamoa ham EChLda g'olib bo'lish bo'yicha katta tajribaga ega, ammo «Real» oxirgi yillarda EChLda gegemonga aylangan. Madridliklar keyingi 5 yilda to'rtinchi marta, qatorasiga 3 yilda 3 marta finalga chiqqan. Jamoa qatorasiga uchinchi marta «Quloqli kubok»ni qo'lga kiritish orqali yangi tarix yozishi mumkin.

BestMaster
26 May 2018, 19:39
tajriba, ehtirosga, qarshi, nega, «real», yana, echlda, golib, boladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads