«Atletiko» himoyachisi Teo Ernandes sud oldida javob berishi mumkin.
El Español xabariga ko'ra, 20 yoshli qiz Marbelya politsiyasiga murojaat qilib, futbolchini zo'ravonlikda ayblagan. Uning ko'rsatmalarida ba'zi chalkashliklar borligi tufayli politsiya Ernandesni hibsga olmagan.
Qizning gapiga ko'ra, Teo o'ziga tegishli bo'lgan avtoulovda unga tegajog'lik qilgan. Qiz unga qarshilik ko'rsatganidan so'ng, futbolchi uni mashinadan tushirib yuborgan. Shundan so'ng u politsiyaga murojaat qilgan.
Avvalroq, Ernandesning «Atletiko» safida o'ynovchi akasi Lyuka o'z dugonasiga qo'l ko'targani uchun, sud tomonidan 31 soatlik jamoat ishlariga mahkum qilingan edi.
Teo Ernandes o'tgan mavsumni «Alaves» safida ijarada o'tkazdi. Avvalroq, uning «Real» klubiga o'tishi haqida xabarlar chiqqan edi.