"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh EChL finalida "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menga o'z statistikam juda yoqadi. Hamma Ronaldu va Messining 13 yoki 15 yildan buyon yuqori saviyada o'ynab kelayotganini gapiradi. Meni ularga taqqoslaridan juda faxrlanaman.
EChL finali - klublar to'qnashuvi, men bilan Ronalduning emas. Men hammaning faxrlanishini istayman, Liverpulda ham, Misrda ham. Hatto butun dunyo bo'ylab.
Men faqat o'yin haqida o'ylashim kerak, boshqa narsalar haqida emas. Shunchaki, o'z ishimni bajarishim lozim", - deydi Saloh.