Futbol qanday sport turi senki hamma seni nomingni eshitsa, tomdan tashlashga tayyor turadi. Seni deb milliardlab muxlislar kechalari uxlolmasligini bilganingda ishonavergin “Surxoncha” do’ppingni yechib yuborgan bo’larding. Qanchadan-qancha tosh oynalar seni deb sinishini bilasanmi? Er- xotinlar o’rtasidagi ayrim janjallar ham seni deb kelib chiqadi. Nerv xujayralarini ko’p qismi ay’nan seni deb qurbon qilinadi. Asablarni aytmasa ham bo’laveradi. Ba’zi joylarda ashaddiy muxlislar o’rtasida jinoyatga qo’l uriladi. Pichoqlashishlar, otishmalarni saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ko’p bora guvohi bo’lganmiz. Tevarak atrofga o’tkir nigohlaring bilan qaragin. Sport turlari juda ko’plab topiladi. Boks, gandbol, regbi, basketboll, volleyboll, xokkey. Bularni sanayman desam son-sanog’I yo’q. Lekin sen ular orasida o’zgachasan. Pele futbol qiroli bo’lsa, sen men uchun sport turlari ichida qirolsan. Yuqorida sanab o’tilgan salbiy jihatlaringga qaramasdan, sen muxlisu-muxlisalarning erkatoyi bo’lib qolaverasan. Hattoki “Anzirat” buvi qishloqda general bo’lsa ham senga tan berib yuborganini ko’rganmiz. “Anzirat” buvi magazinchi G’aybulla, mahalla raisga, qishloqdagi odamlarga so’zini o’tkazar edi. Shermat og’lini bir vagon qizlar orasida qo’shiq aytib yurishiga jidashi ham mumkindir. Lekin seni deb nevaralari uchun hamma narsaga tayyor. Oynalar sinishini bilib, nevaralari uchun oldindan pul to’lab qo’ygan. Bunaqa mehr-muhabbatni hech qayerda topib bo’lmasa kerak. Mana sen 1-2 kun ichida dunyoni qoq o’rtasidan bo’lish arafasida turibsan. Butun ona zamin ikkiga bo’linadi. Bir tomonda Real Madrid muxlislari, bir tomonda Liverpul hamda Qirollik klubini hushlamaydigan, ko’rishga ko’zi, otisha o’qi yo’q bo’lgan muxlislar. Xuddiki ular 3 jahon urishiga otlanishgandek saf tortib turishibdi. Nufuzi jihatidan jahonda yuqori o’rinda turuvchi musobaqang chempionlar ligasining final uchrashuvi haqida, boshni boshga qo’yib muxlislar bilan bafurja gaplashamiz. Sen esa taxtingda gerdayib o’tirib, bizlarni kuzatishda davom etgin.