"Real" va "Liverpul" o'rtasida EChL finali o'tadigan Kiev shahrida o'zlarini politsiya deb tanishtirgan shaxslar angliyalik muxlisni tunashdi.
The Redmen TV nashri o'z tvitterida ma'lum qilishicha, 23 may kuni "Liverpul" muxlisi Kiev aeroportiga keldi, uni o'zlarini politsiyachi deb tanishtirgan noma'lum shaxslar uning pulli hamyonini o'g'irlab ketganlar.
Avvlroq, Kiev kafelarining birida angliyalik muxlislarga bezorilar hujum qilgani haqida xabar qilingan edi.
"Real" - "Liverpul" uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi.