"Liverpul"ning 1000ga yaqin muxlisi uchta charter reysning bekor qilinishi tufayli EChL finalida o'z suyuklilarini qo'llab quvvatlash uchun Kievga ucha olmadi.
Times xabariga ko'ra, bu uch charter reys uchun Kievdagi "Borispol" aeroportida qo'nish uchun joy topilmadi.
Turistik kompaniya reyslardan birini payshanba, yana ikkitasini juma kuni amalga oshirmoqchi edi, ammo Kiev shahri aeroporti bilan samolyotlarning hajmi borasidagi tortishuvlar reyslarning bekor qilinishiga olib keldi.