O'zbekistonlik aktrisa va qo'shiqchi Sitora Farmonova JCh-2018 o'yinlari bo'lib o'tadigan Samara shahriga keldi va Sputnik O'zbekiston saytiga intervyu berdi.
- Futbolga qanday munosabatdasiz? Futbol o'yinlarini ko'rib turasizmi?
- Men futbolchilar bilan do'stlashganman: Odil Ahmedov bilan, u "Anji" va "Krasnodar"da o'ynagan, hozir Xitoyda to'p suryapti,Bahodir Nasimov, Sanjar Tursunov. Ammo har kun o'tirib futbol ko'rmayman.
- Rossiyada o'tadigan jahon chempionatini tomosha qilasizmi? Masalan, Krishtianu Ronalduni...
- Men o'zimni Krishtianu Ronalduning muxlisasiman deya olmayman. Men ko'proq boksni sevaman va kikboksni", - deydi Farmonova.