“Real” hujumchisi Ronalduning onasi Doloresh Aveyru bir paytlar Ronalduni abort qildirmoqchi bo'lganini aytdi.
“Ronalduga homiladorligimda uchta farzandim bor edi, shu bois to'rtinchi farzandimni tug'mayman, homilamni oldirib tashlayman degan qarorga kelgandim. Ammo so'nggi lahzalarda fikrimdan qaytganman. Buning uchun xursandman, chunki Ronaldu yulduzga aylandi va hayotimni o'zgartirdi. Ayollarga hech qachon abort qildirmaslikni maslahat beraman. Doim kurashing”, dedi Doloresh Aveyru.