"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Evropa chempionlar ligasining final bo'ladigan kuni ham o'zining ro'zasini buzmaydi. Bu haqda Mirsning "Al-Masriy al-Yum" nashri xabar tarqatdi.
Misrlik futbolchi hozirda barcha musulmonlar kabi Ramazon oyi ro'zasini tutmoqda va mashg'ulotlarda faol ishtirok etmoqda.
Kelib chiqishi somalilik bo'lgan, britaniyalik engil atletikachi Muhammad Farah London-2012dagi olimpiadada oltin medallarni qo'lga kiritish uchun ro'za tutmagandi. Salohning aytishicha, u "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yin kuni ham ro'zador bo'ladi.
26 may kuni Kievda iftorlik vaqti final o'yini boshlanishiga taxminan 1 soat qolganda kiradi.