Kiev shahri meri Vitaliy Klichko "Real"ning 2000 ming muxlisi EChL finali chiptalarini qaytarib bergani haqidagi xabarga izoh berdi.
"Muxlislar ommaviy tarzda final chiptalarini qaytarishayotgani haqida xabar tarqaldi, chunki yashash uchun joy yo'q yoki joy qimmat emish. Ko'p sonli muxlislar bu chiptalarni sotib olishga tayyorlar. Biz "Real", "Liverpul" klublari bilan, fan-klublar bilan bog'lanib, chiptalarni qaytarib berayotganlar haqida ma'lumot so'radik, chunki bunga tayyor edik. Jim-jitlik. Bu yolg'on xabar.
Narxlar esa turli akyiyalartufayli ko'tarilgan, bu nafaqat Kievda, balki dunyo amaliyotida ham shunday. Afsuski, shahar biznesni boshqara olmaydi, bu bozor", - deydi Klichko.