“Real” rahbariyati “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann uchun kurashga qo'shildi.
Ispan nashrlariga ko'ra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Grizmann uchun 150 mln evro berishga tayyor. Bu “Barselona” taklif qilayotgan narxdan 50 mln evroga ko'p. Peresning fikricha, 150 mln evro “matraschilar” rahbariyatining Grizmanni “Real”ga sotishi uchun etarli bo'ladi.