"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal EChL finalida "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"PSJ"ga qarshi o'yin oldidan (1/8 finalda) biz Kavani va Mbappe o'yinlari tushirilgan videolarni son-sanoqsiz marta ko'rdik. Ammo birinchi o'yindan so'ng (3:1) "chakki emas ekanmiz" dedik. O'sha o'yin hal qiluvchi bo'lgan edi.
Bu mening to'rtinchi finalim bo'ladi, men birinchi finaldan ko'ra ko'proq g'alabaga chanqoqman. Bizda Ramos, Ronaldu va Modrich kabi o'yinchilar bor, ular hamma sovrinlarni yutganlar, ammo hamon chanqoqlar.
"Liverpul" himoyadan hujumga o'tishda zo'r o'ynaydi. Biz e'tiborli bo'lishimiz va to'pni yo'qotmaslikka harakat qilishimiz kerak. O'yinni nazorat qilib, bosim uyushtirishimiz kerak.
Ushbu mavsum o'ziga xos bo'ldi, biz cho'qqida bo'ldik, pastga sho'ng'idik. Ammo EChL finaliga chiqdik. Agar g'alaba qozona olmasak, buni sho'ng'ish deb atash noto'g'ri bo'ladi. Shunday bo'lsa ham maydonni boshimizni baland ko'targan holda tark etamiz", - deydi Karvaxal.