"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger londonliklarni boshqargan chog'ida tushgan takliflar haqida gapirdi.
"Yangi stadion qurayotganimizda banklar meni besh yilga klubdan chetlatishga majburlamoqchi bo'ldilar. "Real" taklif qildi, ammo men keta olmasdim, bu "Arsenal"ga sotqinlik bo'lar edi.
Men "Real"ning taklifiga ikki yoki uch marta rad javobini berganman. Menga bu jamoa yoshligimdan yoqar edi, ammo "Arsenal"ni qiyin davrda tashlab keta olmasdim. Albatta, "Real"ni boshqarish istagim bor edi, chunki ular menga jamoani to'liq boshqarishni taklif qilgandilar. Ammo uzoq o'ylab ko'rganimdan so'ng, buni rad etdim. Ko'p klublarning taklifini rad qilganman, natijada shu klubda baxtiyor bo'ldim.
Terma jamoa? Men Angliya terma jamoasining ikki-uch taklifini rad qilganman. Men uchun jamoda har kunlik ish ma'qul edi. Angliyaga angliyalik mutaxassis kerakligini ko'p bora ta'kidlaganman. Bu yirik futbol mamlakati va bu erda yuqori mahoratli murabbiylar ko'p. Bu vazifa menga to'g'ri kelmaydi deb hisoblaganman", - deydi Venger.