Final haqida:
"Bu tarixiy voqea, biz biroz xayojanlandik, so'nggi haftalarda ko'pchilik biz Chempionlar Ligasini ketma-ket 3-marta yutishimizni anglay olishmadi. Bizning barcha diqqat e'tiborimiz ushbu final haqida. Men va mening jamoadoshlarim o'zini yaxshi xis etmoqda."
Motivatsiya:
Men bu turnirda o'ynashni yaxshi ko'raman. Chempionlar Ligasi har doim maksimal motivatsiya bilan ishtirok etadigan turnir. Alfredo Di Stefano (5) va Pako Xento (6) marta Chempionlar Ligasini yutgan bu menga motivatsiya beradi.
Jismoniy holat:
"Men o'zimni juda yaxshi xis etayapman. Men finalda gol kiritishni juda ham xohlamoqdaman, agarda shunday vaziyat bo'lsa. Biroq eng asosiysi jamoaviy g'alaba va kim gol kiritishining farqi yo'q.
"Liverpul haqida:
"Final - har doim muhim o'yin, bizni yengil o'yin kutyabdi deb o'ylamayman. Finalda biz o'z tajribamiz va klassimizga ishonamiz. Biz "Liverpul"ni xurmat qilamiz, ammo ulardan kuchlimiz. Lekin buni isbotlashimiz kerak."
Muxlislar haqida:
"Ular bizda doimo motivatsiya beradi. Umid qilaman, muxlislar bizga yordam qo'lini cho'zadi. Hala Madrid"!
Bobojonov