«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Liverpul»ga qarshi kechadigan Evropa chempionlar ligasi final bahsi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Ronaldu va Salohni almashgan bo'larmidim? Yo'q, menda Krishtianu bor va men faqat o'z futbolchilarim haqida gapiraman.
Raqiblarimiz haqida gapira olmayman. Boisi, ular nima haqida o'ylayotganini bilmayman. Shuni aytishim mumkinki, har doimgidek bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli.
Biz katta ishtiyoq, intilish va jonbozlik bilan o'ynaymiz. Bularni bizdan hech kim olib qo'ya olmaydi. Shuningdek, bizdagi g'alabaga bo'lgan chanqoqlik raqibdagiga nisbatan kam deya hech kim ayta olmaydi.
Biz – «Real» Madrid. Biz hamisha ko'p narsa istaymiz va o'z maqsadimizga erishish uchun bor kuchimizni beramiz», – dedi Zidan.