"Real"ning sobiq futbolchisi Roberto Karlosning fikricha, jamoa himoyachisi Marselo Junior chempionlar ligasi g'olibligi bo'yicha u bilan tengalshgani yo'q.
Ammo "Real" o'yinchisi sifatida har ikki futbolchi uch martadan chempionlar ligasi g'olibi bo'ldilar.
"Yuventus" bilan final uchrashuvidan so'ng Marselo kiyinish xonasida nima uchun hamma 12 raqamli futbolka kiyganini so'rabdi, menimcha uning kallasiga nimadir bo'lgan. Marselo chempionlar ligasida g'olib chiqish bo'yicha menga tanglashmagan. Chunki har doim jamoa g'alaba qozonganda men ham g'olibga aylanaman, chunki men klub elchisiman. Shu sababli men chempionlar ligasida 5 marta g'olib bo'lganman", - deydi Roberto Karlos.
Roberto Karlos "Real" bilan chempionlar ligasida 1997-1998, 1999-2000 va 2001-2002 yillardag mavsumlarda g'olib bo'lgan. Marselo esa bu musobaqani 2013-2014, 2015-2016 va 2016-2017 yillardagi mavsumlarda yutgan.