"Real" darvozaboni Keylor Navas "Liverpul"ga qarshi kechadigan Evropa chempionlar ligasi final bahsi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ketma-ket uchinchi marta Evropa chempionlar ligasi finalida o'ynash yoqimli. Biz xotirjamlikka berilmayapmiz. Shubhasiz, raqib bizni favorit sifatida e'tirof etayotgan bo'lsa-da, biz ularni hurmat qilamiz. "Real"ning g'alabali o'yinlari davom etishini istaymiz.
Safimizda tajribali futbolchilar ko'p, lekin bu bilan biz kuchsizlanib qolganimiz yo'q. Har qanday holatda ham futbolchilarimiz imkon qadar yaxshi o'ynashga harakat qilishadi. "Liverpul" safida o'yinning borishini o'zgartirib yubora oladigan futbolchilar bor, lekin "Real"ning himoya chizig'i — jahonda eng zo'ri. Men jamoadoshlarimga to'liq ishonaman", – dedi Navas Marca nashriga bergan intervyusida.