Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Gol mashinasi – Ronaldu va boshqalarning golli statistikasi

Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga qarshi kechgan bahsda urgan qoyilmaqom goli butun dunyodagi millionlab ishqibozlarni lol qoldirdi. 

.
- Yuklab olish

Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga qarshi kechgan bahsda urgan qoyilmaqom goli butun dunyodagi millionlab ishqibozlarni lol qoldirdi. Kimlardir «Real» hujumchisiga mavsumning eng chiroyli goli muallifligini topshirish fikrini ilgari surgan bo'lsalar, ayrimlar buni omadga yo'yishdi.

Shuningdek, kiritilgan to'p futbol tarixidagi eng yaxshisi ekanini ta'kidlaganlar ham topildi.

«Futbol» haftalik jurnali chiroyli gollar egalariga topshiriladigan barcha asosiy sovrinlarni o'rganib chiqib, Ronalduning goli qaysi biriga mos tushishini aniqlashga urindi.

FIFAning Ferents Pushkash nomidagi sovrini

Mavsum yakunlariga ko'ra, eng chiroyli gol sohibiga beriladigan eng mashhur rasmiy mukofot. Ushbu sovrin 2009 yilning 20 oktyabrida FIFA tomonidan ta'sis etilgan. Mukofotning ilk topshirish marosimi esa o'sha yilning dekabrida o'tkazilgan bo'lib, Krishtianu Ronaldu laureatga aylangandi.

Portugaliyalik futbolchi EChLning 2008|2009 yillar mavsumi 1|8 finali javob uchrashuvida «Portu» darvozasini chamasi 35 metrlardan aniq nishonga olgandi.

Ta'kidlash joizki, ovozga qo'yishdan avval gollar bir nechta kriteriyalar bo'yicha tanlab olinadi. O'yinning muhimlik darajasi inobatga olinishidan tashqari, gol omad yoki raqib jamoa xatosi natijasida urilmasligi ham muhim sanaladi. Shuningdek, to'p kiritilgan vaziyatda «feyr-pley» qoidasi amal qilinishi shart.

Dastlab FIFA yil yakunlariga ko'ra, o'nta golni ajratadi, so'ngra asosiy uchlik ajratib olinadi. Har ikki holatda ham, tashkilot rasmiy saytida tashkil etiladigan ovoz berish jarayonida barcha xohlovchilar qatnashishlari mumkin. Sovrin egalari orasida Neymar va Zlatan Ibragimovich bor, o'tgan yili esa mukofot Olive Jiruga nasib qilgandi.

EChL mavsumidagi eng chiroyli gol

Mavsum oxiriga ko'ra, har yili topshiriladigan, bu safar katta ehtimol bilan Krishtianu Ronalduga nasib etadigan sovrin. Portugaliyalik to'purar so'nggi marta 2014|2015 yillar mavsumida laureatga aylangan, o'shanda guruh bosqichida «Liverpul» darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qilgandi.

Portugaliyalik yulduz Karim Benzema bilan «devor» uslubida o'ynab, so'ng Xames Rodrigesga pas bergan, keyin esa kolumbiyalik jamoadoshining «parashyut» uzatmasini to'xtatmay to'rga yo'llagandi.

Bundan tashqari, UEFA har yili tashkilot shafe'ligida o'tkaziladigan turnirlarda eng chiroyli gol muallifiga aylangan futbolchilarni ham taqdirlaydi. O'tgan mavsum har ikki sov-rin «Real» - «Yuventus» bahsida akrobatik tarzda to'p kiritgan Mario Manjukichga nasib qilgandi.

APL tarixidagi eng yaxshi gol

Angliya premer-ligasi jahonning eng tomoshabop ligasi nomiga ega. Futbolda esa «tomoshaboplik» effektli gollar sinonimi hisoblanadi. APL rahbariyati ham shuni inobatga olib, liga tashkil etilishining 25 yilligi munosabati bilan turnir tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash maqsadida ochiq so'rovnoma o'tkazdi.

Ishqibozlar g'alabani gollandiyalik Dennis Bergkamp va uning 2002 yili «Nyukasl» darvozasiga urgan goliga berishdi. O'shanda mahoratli forvard bir harakat bilan to'pni «zag'izg'onlar» himoyachisi yonidan o'tkazib, o'zi narigi tomondan aylanib o'tib, Shey Given qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga olgandi.

31 foiz fanatlar ushbu golga ovoz berishdi. Ikkinchi o'rin 1995 yili kuchli zarbasi evaziga «Uimbldon» darvozasini ishg'ol qilgan «Lids» futbolchisi Toni Yeboaga nasib qildi.

Kuchli uchlikni 2011 yilgi Manchester derbisida qoyilmaqom tarzda gol urgan Ueyn Runi yakunladi. Shuningdek, Angliyada har yili mavsumning eng chiroyli goli uchun sovrin topshiriladi. U 1970|1971 yillar mavsumi ta'sis etilgan.

1. Dennis Bergkamp (2001|2002. «Nyukasl» - «Arsenal» - 0:2)

2. Toni Yeboa (1995|1996. «Uimbldon» - «Lids» - 2:4)

3. Ueyn Runi (2010|2011. «Manchester Yunayted» - «Manchester Siti» - 2:1)

UEFA tarixidagi eng yaxshi gol

2014 yili UEFA keng qamrovli so'rov o'tkazib, tashkilot tarixidagi eng yaxshi gol muallifini aniqladi. Ushbu tadbir UEFAning 60 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

O'ziga xos musobaqada Evropaning bosh futbol tashkiloti rahnamoligida o'tkaziladigan turnirlarda urilgan 60ta gol tanlab olindi. Uzoq muddat etakchilikni «Fiorentina» yarim himoyachisi Mauro Bressan egallab turgandi.

U Chempionlar Ligasining 1999|2000 yillar mavsumida «Barselona» darvozasini chalqancha uslubda ishg'ol etgandi. Ammo yakunda g'oliblik Evro-1988 finalidagi gol muallif Marko van Bastenga nasib qildi. Gollandiyalik forvard o'tkir burchakda turganiga qaramay, Rinat Dasaev qo'riqlayotgan darvozani qoyilmaqom tarzda «o'q»qa tutgandi.

O'sha gol Sobiq ittifoq termasiga qarshi bahsda gollandlarga tashabbus bilan birga Evropa chempionligini ham taqdim etgandi. Uchinchi pog'onani EChL 2001|2002 yillar mavsumi finalida «Bayer» bilan o'yinda to'p kiritgan Zayniddin Zidan egalladi.

1. Marko van Basten (Evro-1988. Final. Gollandiya - Sobiq ittifoq - 2:0)

2. Mauro Bressan (EChL-1999|2000. Guruh bosqichi. «Fiorentina» - «Barselona» - 3:3)

3. Zayniddin Zidan (EChL-2001|2002. Final. «Real» - «Bayer» - 2:1)

Futbol tarixidagi eng yaxshi gol

2007 yili Britaniyaning futbolga ixtisoslashgan mashhur World Soccer jurnali oson bo'lmagan «missiya»ga qo'l urdi. Nashr muayyan turnir emas, balki butun boshli futbol tarixidagi eng yaxshi golni aniqlashga kirishdi. JCh-1986 chorak finalida Angliya termasi darvozasini ishg'ol qilgan Diego Maradona yaqqol favoritga aylandi.

Mazkur holatda gap «ilohiy qo'l» emas, balki argentinalik afsonaning o'sha o'yinda urgan ikkinchi goli haqida bormoqda. Maydon markazi yaqinida to'pni qabul qilgan Maradona epchillik bilan ikki raqibini ortda qoldirib, yuqori tezlikda oldinga intilgan, yo'l-yo'lakay ikki himoyachi, so'ngra darvozabon Piter Shiltonni ham aldab o'tib, bo'sh darvozani ishg'ol qilgandi.

Ikkinchi o'rin Marko van Bastenning yuqorida tilga olingan goliga ataldi. Mazkur reytingda ham uchinchi pog'onadan EChLning 2001|2002 yillar mavsumi finalida «Bayer»ni ranjitgan Zayniddin Zidan joy oldi.

1. Diego Maradona (JCh-1986. 1|4 final. Argentina - Angliya - 2:1)

2. Marko van Basten (Evro-1988. Final. Gollandiya - Sobiq ittifoq - 2:0)

3. Zayniddin Zidan (EChL-2001|2002. Final. «Real» - «Bayer» - 2:1)

Asr goli

XXI asr boshida Diego Maradonaning ajoyib goli yana bir sovringa, boshqacha aytganda, tarixdagi eng faxrli nomga loyiq ko'rildi.

Yangi yuz yillikning dastlabki jahon chempionati o'tkazilayotgan payt (Yaponiya va Janubiy Koreya-2002) FIFA rasmiy saytida turnir tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash maqsadida so'rov tashkillandi. Olti hafta mobaynida davom etgan ovoz berish jarayonida barcha xohlovchilar qatnashishdi.

Diego Maradonaning goli 18 062ta ovoz to'plab, JCh-1998da argentinaliklar darvozasini ishg'ol qilgan Maykl Ouenning golini (10 631ta ovoz) ortda qoldirdi. Kuchli uchlikda shuningdek, JCh-1958da Shvetsiya termasiga qarshi bahsda to'p kiritgan Pele (9880ta ovoz) ham bor.

«Odatda, bunday gollarni ko'chadagi maydonchalarda to'p ortidan quvadigan bolakaylar urishadi, ammo Maradoni bu ishni jahon chempionati chorak finalida bajarishga jazm etdi», - degandi marhum ser Bobbi Robson.

FIFA bergan ma'lumotlarga ko'ra, ovoz berish jarayonida 150dan ortiq mamlakatdan ishqibozlar qatnashib, 340 mingdan ortiq ovoz to'plangan. Ushbu jarayonning yana bir diqqatga molik jihati shunda ediki, o'shanda g'olibni ekspertlar emas, balki ishqibozlar aniqlagan dastlabki global so'rov o'tkazilgandi.

1. Diego Maradona (JCh-1986. 1|4 final. Argentina - Angliya - 2:1)

2. Maykl Ouen (JCh-1998. 1|8 final. Argentina - Angliya - 2:2, penaltilar bo'yicha - 4:3)

3. Pele (JCh-1958. Final. Braziliya - Shvetsiya - 5:2)

Mundiallar tarixidagi eng yaxshi gol

Joriy yilning mart oyi oxirlarida, oradan 16 yil o'tib, FIFA yangi so'rov o'tkazib, u orqali jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi golni aniqlashga qaror qilib, uni «pley-off» tizimida o'tkazish fikri ilgari surildi.

Ishqibozlar federatsiyaning «Feysbuk»dagi rasmiy akkaunti orqali ovoz berishlari lozim edi. G'oliblik yo'lida 32ta gol mualliflari kurash olib borishdi, nomzodlar orasida 2002 yilgi so'rovda tengsiz topilgan Diego Maradonaning goli ham bor edi.

Ammo bu safar argentinalik hujumchi kiritgan to'p dastlabki bosqichdayoq imkoniyatni boy berdi: Teofilo Kubilyasning JCh-1978da shotlandiyaliklar darvozasiga urgan goli chiroyliroq deb topildi.

Yakunda g'oliblik 1986 yilgi mundialning 1|8 final bosqichida Bolgariya termasi darvozasini ishg'ol qilgan meksikalik Manuel Negretega nasib etdi. U raqib jarima maydonchasi yaqinida sherigi bilan kombinatsiya tashkil qilib, so'ngra «qaychi» uslubida ajoyib zarba yo'llagandi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
22 May 2018, 00:19
mashinasi, ronaldu, boshqalarning, golli, statistikasi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads