«Real» yozgi transfer paytida «PSJ» hujumchisi Neymarni qo'lga kiritishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Parijliklar o'z futbolchisini 400 million evroga baholashmoqda. "Qirollik klubi" esa bu narxni ikki baravar pasaytirishmoqchi. Buning uchun «Real» Garet Beyl va Toni Kroosni "PSJ"ga qo'shib bermoqchi. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.
Avvalroq «Real» Neymarni qo'lga kiritish ishlarini 2020 yilga qadar to'xtatib turishlari mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi.