Xabaringiz bor, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi finalidan keyin sochini kalta qilib oldirib tashladi va yangi qiyofaga kirdi.
"Finalda g'alaba qozonsak va men gol ursam, va'da bergandim. Va'damni bajarishim va sochim qirib tashlashim kerak edi.
Odamlar, agar "Real" safida Krishtianu bo'lsa, klub barcha narsaga erisha oladi deb o'ylaydi. Men esa barchasini klub uchun qilishga harakat qilaman. Haqiqat shundaki, raqamlar aldamaydi. Jamoa menga hamisha ishonishi mumkin", – dedi Ronaldu.