Yakunlangan mavsumda Evropaning eng yaxshi to'purar futbolchisigi beriladigan "Oltin butsa" sovrini egasi aniq bo'ldi. «Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida beshinchi marta mazkur sovringa ega chiqdi.
Argentinalik futbolchi La liganing 36ta o'yinida maydonga tushib, 34ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Natijada u 68 ochko bilan "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi. Ushbu mavsumda "Butsa" uchun kurashda "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Messiga raqobatchilik qildi — 31ta (62 ochko).
Messi hisobidagi "Oltin butsa"lar soni 5taga etdi va bu borada mutlaq rekord o'rnatdi. U 2010, 2012, 2013, 2017 va 2018 yillarda ushbu sovrin bilan taqdirlandi. "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida esa 4ta "Oltin butsa" bor. Portugaliyalik futbolchi 2008, 2011, 2014 va 2015 yillarda Evropaning eng yaxshi to'purariga aylangan.