"Real" sardori Serxio Ramos EChL finalida "Liverpul"ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.
"Liverpul" - juda qiyin raqibligini bilamiz. Ular hujumga juda tez o'ta oladilar va qarshi hujumlarda muammolar yaratishlari mumkin.
Firmino va Saloh – tezkor va darvozanp ko'zlaydigan o'yinchilar. Ularni to'xtatish qiyin, ular muammo yarata oladilar.
Musobaqada qatorasiga uch marta g'olib bo'lish - mening orzum va maqsadim, ammo bu safar nima bo'lishini bilmayman. Futbol hozir tez harakat qilmoqda. Undan zavq olish uchun vaqt kam qolmoqda.
Taqdir bizni navbatdagi final bilan siyladi, shuning uchun bu shunchaki navbatdagi g'alaba bo'lmaydi. Bu g'alaba "Real"ning bu davrdagi mutlaq hokimligini isbotlaydi", - deydi Ramos.