Kievda o'tadigan EChL finali uchrashuvi uchun chiqarilgan 2000 ta chipta "Real" muxlislari tomoniddan qaytarib beriladi, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, chiptalardan ommaviy tarzda voz kechishga sabab Ukraina poytaxtida final arafasida yashash uchun sharoitlarning qimmatlashib ketishi sabab bo'ldi. "Real" kvota bo'yicha berilgan chiptalarning qaytarilgan qismini sotuvga chiqardi.
"Real" va "Liverpul" o'rtasidani EChL finali 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.