Zidan boshchiligidagi "Real" uchun Ispaniya chempionatining ushbu mavsumi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Jamoa so'nggi turda "Vilyarreal"ni mag'lub eta olmadi. Natijada "Qirollik klubi" 2017/2018 yilgi mavsumda klub tarixidagi so'nggi 11 yildagi eng yomon bir nechta antirekordlar takrorladi.
"Madrid" ushbu mavsumda 76 ochko jamg'ardi. Jamoa bunday kam ochkolarni 2006/2007 yilgi mavsumda to'plagandi. Shunga qaramay, "Real" o'sha mavsumda chempionlikni qo'lga kiritgan. "Qaymoqranglilar" keyingi mavsumlarda bundan ko'proq ochko jamg'arib kelishgan.
Zidan jamoasi ushbu mavsumda Li ligada 3-o'rinni egalladi. So'nggi 12 mavsumda klub faqat bir martagina 2-o'rindan pastga tushgan — 2013/2014 yilgi mavsumda. O'sha yil "Real" 87 ochko bilan 3-pog'onani band etgandi.
Ushbu mavsumda "Real" chempion jamoa ("Barselona")dan 14 ochko ortda qolmoqda. Kataloniyaliklar bugun bo'lib o'tadigan "Real Sosedad"ga qarshi so'nggi tur bahsida g'alaba qozonsa, "Real" bilan farqni 17taga etkazishadi. XXI asrda madridliklar azaliy raqibidan buncha ko'p ortda qolib ketishmagandi. 2013/2014 yilgi mavsumda jamoa "Barsa"ga nisbatan 15 ochko kam jamg'argan.
"Real Madrid" ochkolar jamg'arish bo'yicha eng yomon natijani 2005-2006 va 2003/2004 yilgi mavsumlarda qayd etgan bo'lsa (70 ochko), 2002-2003 yil mavsumida jamoa 4-o'rinni band etgan.
2017-2018 — 76 ochko (3-o'rin)
2016-2017 — 93 ochko (chempion)
2015-2016 — 90 ochko (2-o'rin)
2014-2015 — 92 ochko (2-o'rin)
2013-2014 — 87 ochko (3-o'rin)
2012-2013 — 85 ochko (2-o'rin)
2011-2012 — 100 ochko (2-o'rin)
2010-2011 — 92 ochko (2-o'rin)
2009-2010 — 96 ochko (2-o'rin)
2008-2009 — 78 ochko (2-o'rin)
2007-2008 — 85 ochko (chempion)
2006-2007 — 76 ochko (chempion)
2005-2006 — 70 ochko (2-o'rin)
2004-2005 — 80 ochko (2-o'rin)
2003/2004 — 70 ochko (4-o'rin)
2002/2003 — 78 ochko (chempion)
2001/2002 — 66 ochko (3-o'rin)