«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Vilyarreal»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:2) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limda esa Chempionlar ligasi finali haqidagi o'y-fikrlar bizga xalal berdi. Bunday holatlarda yoqimsiz narsa yuz beradi. Biz mavsumni yomon boshladik, ammo yakuniy qismini juda yaxshi o'tkazdik. Biz Evropa chempionlar ligasi finaliga tayyormiz. Safimizda jarohatlanganlar yo'q, bu muhim. Taktika sxema haqida hech narsa gapirmayman.
Beyldan golli seriya? U hech qachon o'z saviyasidan pastga tushib ketmagan va u hozir ko'p gollar urmoqda. Uning uchun xursandman. Bunday olib qaraganda, uning o'yinida hech narsa o'zgarmagan. Farq shundaki, so'nggi paytlarda u ko'p gol urmoqda.
Lyuka Zidanga o'yin amaliyoti etishmayotgandi, u jamoa futbolchisi. U yaxshi o'yin ko'rsatdi. U "Real"da debyut qilganidan murabbiy va ota sifatida xursandman. Men futbolchilarni bir-biridan ajratmayman. Lyuka — men uchun jamoaning boshqa futbolchilari kabidir», – dedi Zidan.
Eslatib o'tamiz, «Real» 26 may kuni Evropa chempionlar ligasi finalida «Liverpul» bilan bahs olib boradi.