Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining so'nggi 38-tur doirasida “Vilyarreal”ga qarshi maydonga tushadi.
“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zineddin Zidan bugungi bahsda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Ushbu o'yinni darvozabon Keylor Navas va yarim himoyachi Dani Sebaloslar o'tkazib yuboradi. Klub safiga jarohat olib ikkita o'yinni o'tkazib yuborgan madridliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu qaytgan.
O'yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar bilan tanishing.
Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Luka Zidan.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Nacho Fernandes, Marselo, Rafael Varan, Teo Ernandes.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Marko Asensio, Mateo Kovachich, Isko.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Karim Benzema, Lukas Vaskes.
Ma'lumot uchun, “Vilyareal” – “Real Madrid” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.