"Liverpul" klubi Evropa chempionlar ligasi finali doirasida "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik jarayonini jiddiy sir saqlamoqda.
Jamoaning Marbeledagi bazasida o'tayotgan mashg'ulotlari matbuot vakillaridan yashirin holda o'tkazilmoqda. Mashg'ulot bazasi baland devorlar bilan o'ralgan bo'lib, u erga hech kimning kirishiga yo'l qo'yilmayapti. Baza atrofidagi baland binolar ham "Liverpul" klubiga tegishli. Shu bois, mazkur binolar orqali ham begonalar "Liverpul"ning mashg'ulotini kuzata olishmaydi.
"Kechirasiz, ichkariga kira olmaysiz. "Liverpul"dan shunday topshiriq olganmiz", – dedi Marca nashri muxbiriga baza qo'riqchisi.