"Barselona" rahbariyati "Real"ga qarshi o'yinda qalbaki chiptalar aniqlangani haqida bayonot berdi. Ispaniya La ligasining 36-turi doirasida 6 may kuni bo'lib o'tgan o'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.
Mazkur uchrashuvda klub xodimlari 2823 dona soxta chiptalarni aniqlashgan va ularni muxlislardan olib qo'yishgan. Natijada klub 1,5 million evro miqdorida zarar ko'rgan.
"Bu — klub tarixidagi eng katta firibgarlik", – deya bayonot berdi "Barselona" vakili Xosep Vives.