Kataloniyaning "Espanyol" klubi Madridning "Real" klubi hujumchisi Raul de Tomasga qiziqmoqda. De Tomas ijara asosida "Rayo Valekano" tarkibida La Liga 2 baxslarida 30 o'yinda 24 ta gol va 4 ta golga assistentlik qildi.
Kataloniyaliklar 24 yoshli hujumchini jamoadan ketishi kutilayotgan Jerar Moreno va Serhio Garsiyaga munosib nomzod sifatida qaramoqda. Ammo uning kelajagi mavsumoldi mashg'ulotlardan so'ng xal bo'ladi.
Agarda "qaymoqranglilar" futbolchini sotishni istasa birinchi navbatda "Rayo Valekano"ning o'zi uni sotib olishga urinadi. Bilasiz "Espanyol"da "Madrid" tarbiyalanuvchilari va futbolchilari doimo yaxshi o'yin ko'rsatgan: Xose Kalexon, Kiko Kasilya, Lukas Vaskez, Marko Asensiolar bunga misol.
Bobojonov