"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya g'aznasiga soliqni yashirganlik aybini yuvmoqchi.
El Mundo xabariga ko'ra, portugadiyalikning yuristlari soliqchilarga 14 million evro to'lab, sulhga erishmoqchilar.
Ronaldu o'z aybini qisman tan olishga tayyor, amaldorlar hozir bu taklifni o'rganib chiqishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2011 dan 2014 yilgacha 14,7 million evro miqdordagi soliqni yashirganlikda ayblanayotgan edi.
Unga to'rt modda bo'yicha ayblov qo'yilgan. Agar u o'zini aybdor deb tan olsa, talaba qilingan summani to'lashi kerak. Agar o'zin aybsiz deb bilsa, unga 30 million arima xavf solishi mumkin.