Kecha bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tgan Evropa ligasining final bahsida "Marsel" etakchisi Dimitri Payet jarohat olib, o'yinni erta yakunlashga majbur bo'ldi. Frantsiya futbolchi maydonni ko'zda yosh bilan tark etdi.
Bu "qaytar dunyo" edimi? Gap shundaki, Evro-2016 finalida Payet Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga jarohat etkazgandi. O'shanda portugaliyalik futbolchi ham maydonni ko'zda yosh bilan tark etgandi...