“Real” rahbariyati mavsum oxirida Krishtianu Ronalduning maoshini oshirish borasidagi taklifini ijobiy hal qilmoqchi.
Biroq ispan nashrlariga ko'ra, “qirollik klubi” portugaliyalik hujumchiga yiliga 40 mln evro, ya'ni Messiniki bilan teng maosh to'lamoqchi emas. “Real” Ronalduning maoshini hozirgidan 7 mln evroga oshirmoqchi, shunda Krishtianu yiliga 30 mln evro maosh oladi.