Ukraina premer-ligasining yangi prezidenti Tomas Grimm "Real" va "Liverpul" o'rtasida Kievda bo'lib o'tadigan EChL finali haqida fikr bildirdi.
- Kimga ishqibozlik qilasiz?
- Menga "Liverpul" ko'proq yoqadi. Qo'hna tarixga ega jamoa qayta tug'ilmoqda. Mister Klopp u erda katta ishlar olib bordi. Umuman olganda UEFA uchun bir jamoaning ketma-ket uch marta g'olibligidan ko'ra, yangi chempion nomi ma'qulroq bo'lar edi. Bu raqobatni o'ldiradi.
Ha, "Real" - qoyilmaqom o'yinchilarga ega buyuk klub. Ammo musobaqa nuqtai nazaridan boshqa amoa yutgani yaxshi", - deydi Grimm.