«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarishi mumkin. El Confidencial tarqatgan xabarga ko'ra, Frantsiya futbol federatsiyasi tomonidan Zidanga qiziqish bo'lmoqda va mutaxassis bundan xabardor.
Frantsiyalik mutaxassis "Real"da ishlashni istaydi, ammo, murabbiyning taxminicha, uning "Qirollik klubi"dagi faoliyati yakuniga etib bormoqda. Shu bois, Zidan Frantsiya terma jamoasidan tushadigan taklifni qabul qilishga tayyor.
Frantsiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Dide Desham Jahon chempionatidan keyin o'z lavozimidan iste'foga chiqishi mumkin.