Madridning "Real" klubini ushbu mavsumda jarohatlar juda ham ko'p bora bezovta qilmoqda. Ushbu mavumda jamoa futbolchilar ichida 36 marta jarohat olganlar aniqlandi. Butun tarkibning 20 nafar futbolchisi jarohat bilan bezovtalandi. Jarohat olmagan Kazemiro, Kiko Kasilya, Borxa Mayoral va Ashraf Xakimlar qoldi xolos.
Jarohatlarning boshlang'ich qismini 2017-yil 11-avgustda Xesus Valexo boshlab berdi va bu jarohatlarni 2018-yil 6-mayda Krishtianu Ronaldu yopdi. 36 ta jarohatning 22 tasi mushaklar bilan bog'liq. Va shu sababli ushbu mavsumda Dani Karvaxal, Garet Beyl va Mateo Kovachich uzoq muddatga futboldan xayrlashgan edilar.
Bobojonov