Hujumchi Krishtianu Ronaldu va himoyachi Daniel Karvaxal "Real" mashg'ulotlarining umumiy guruhiga qaytishdi va hamma bilan teng shug'ullanishmoqda.
Shu tariqa, bu ikki futbolchi 26 may kuni EChL finalida "Liverpul" bilan o'yinga shay bo'ladilar.
Karvaxal "Bavariya"ga qarshi birinchi yarimfinal o'yinida jarohat olgan edi. Ronaldu esa "Barselona" bilan o'yinda arohat oldi va bir bo'lim o'ynadi, xolos.