Ukraina futboli rahbari Andrey Pavelko Evropaning eng nufuzli musobaqasi kubogini besh yoshli qiziga berib qo'ydi.
Andrey Pavelkoning katta qizi Liza Chaus bu fotosuratni Instagramga joyladi.
Biroz vaqt o'tib fotosurat o'chirildi, ammo skrinshot Feysbukning Ukraina segmentida katta bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Besh yoshli qizchaning avtomobil saloni ichida kubok bilan tushgan surati ukrainaliklarni hayratlantirdi.
UEFA qoidalariga ko'r,a sovrin boshqa oyga etkazilishida faqat qo'riqchilar kuzatuvi ostida bo'lishi kerak va o'yin tashkilotchilari bo'lgan ma'sul shaxslarga berilishi kerak. Fotosuratda qo'riqchilar ham rasmiy kishilar ham yo'q. Kubokning aksida Pavelkoning turmush o'rtog'i Ekaterina Chaus tasviri bor.
Eslatib o'tamiz, EChL finali 26 may kuni Kiev shahrida bo'lib o'tadi.