Madridning “Real” klubi Evropa Chempionlar ligasi finalida “Yuventus”ni (4:1) mag'lubiyatga uchratdi.
“Real”ning zaxira darvozaboni Kiko Kasilya esa o'yin oxirida yordamchi hakamning elektron tablosini qo'liga oldi va 89-daqiqada amalga oshirilgan o'zgarishni (Toni Kroos o'rniga Alvaro Morata) shaxsan ko'rsatib berdi. Bundan tashqari, o'yinga qo'shib berilgan daqiqani ham aynan u e'lon qildi.