CIES Football Observatory tadqiqot kompaniyasi Evropaning kuchli 5 ligalari futbolchilarining foydalilik va sifat reytingini e'lon qildi.
Bu ro'yxat maydonda 1800 daqiqadan (20ta o'yin) kam o'tkazmagan futbolchilardan tuzildi.
Ro'yxatga "PSJ" hujumchisi Neymar kirmadi u fevral oyida jarohat olgan bo'lib, 1797 daqiqa o'ynagan.
Birinchi o'rinni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi egalladi - 92,12 ball. Ikkinchi - "Manchester Siti" yarimhimoyachisi David Silva (91,69). Uchinchi o'rinda "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala (91,58).
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu ro'yxatning 16-pog'onasidan joy oldi - 88,58.