“Real” ustozi Zinedin Zidan yozda “Real”ning darvozabon sotib olishiga qarshi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres ayni damda “Real”ning asosiy posboni Keylor Navasning o'yinidan norozi. Shu bois Peres yozda Navasning o'rniga boshqa bir darvozabon — “Roma” posboni Alisson Bekkerni sotib olmoqchi edi. Biroq Zidan Bekkerning “Real”ga o'tishini istamayapti.